MUSO TOSHMUHAMMAD O`G`LI OYBEK (1905-1968) Oybek 1905-yilda 10-yanvarda Toshkentning Govkush mahallasida tug`ilgan Muso Toshmuhammadning adabiy taxallusi. "Bolalik xotiralarim" (1963) asarida bolaligini: ota-onasi, qarindoshlari, 20-asr boshidagi Toshkent va uning atrofidagi qishloq, kentlarni, ilk sabog`i, saboqdoshlarini tasvirlaydi. 1922-yildan unrining oxirigacha Oybek she`r, dostonlar yozdi. "Onamning mozorida" (1924), "Ovchiga" (1924), "Yoshlik xotiralaridan" (1925), "Gunafsha" (1927) singari she`rlarida yosh shoir ruhiyatining holatlari tasvirlanadi. "Fanga yurish" (1930), "Fikr" (1931), "Tansiq" (1935), "Dala yo`lida" (1935), "Qishloq qizi student" (1933), "Brigadir ayol" (1935) singari she`rlarida ijtimoiy hayot aks ettiriladi. Shoir "Dilbar " davr qizi" (1932), "O`ch" (1932), "Navoiy" (1947), "Qizlar" (1947), "Davrim jarohati" (1965) singari poemalar yozgan. Oybek poemalarining qahramonlari "Qutlug` qon" (1940), "Navoiy" (1944), "Oltin vodiydan shabadalar" (1949) singari romanlariga ham o`tgan. "Quyosh qoraymas" (1954), "Ulug` yo`l" (1963), "Nur qidirib" (1955), "Bola Alisher" (1967) " Oybekning muhim asarlaridan. U nosir sifatida xalqning boy, murakkab tarixini aks ettirdi. Oybek 1943-yilda O`zbekiston Fanlar Akademiyasiga haqiqiy a`zo bo`ldi. Olim "Adabiyot qoidalari haqida" (1926), "Abdulla Qodiriyning ijodiy yo`li" (1936), "Tanqidchilikda savodsizlik va ur-yiqitchilikka qarshi o`t ochaylik" (1939), "Muqimiy asarlarida sotsial tiplar" (1939) singari
...