Taniqli o'zbek shoiri va jamoat arbobi. 1936 yilning 28 dekabrida Oltiariq tumanida o'qituvchi oilasida tug'ilgan. To'qqiz yoshida otasidan, bir yildan so'ng onasidan ajralgan. Toshkentlik tog'asi Karimboy Sohiboev qo'lida tarbiyalangan. ToshDU (hozirgi O'zMU)ning o'zbek filologiyasi fakultetida (1955-1960) tahsil olgan. So'ng turli nashriyot va gazeta-jurnallarda ishladi. Respublikamiz yoshlarining birinchi jurnali 'Yoshlik'ning asoschisi (1982). UI va II chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati. Hozir qo'mita raisi vazifasida ishlamoqda. Keyingi yillarda O'zbekiston Oliy majlisining qo'mita raisi vazifasida ishlamoqda. Uning birinchi kitobi 'Tong nafasi' 1961 yilda chop etildi. Shundan so'ng uning 'Qo'shiqlarim sizga' (1962), 'Yurak va aql' (1963), 'Mening yulduzim' (1964), 'Nido' (1964), 'Lirika' (1965), 'Palatkada yozilgan doston' (1966), 'Yoshlik devoni'(1969), 'Charog'bon' (1970), 'Quyosh maskani' (1972), 'Tirik sayyoralar' (1978), 'Sharqiy qirg'oq' (1981), 'Kelajakka maktub' (1983), 'Muhabbat' (1984), 'Hozirgi yoshlar' (1986), 'Iztirob' (1991), 'Yaxshidir achchiq haqiqat' (1992) kabi she'riy to'plamlari nashr qilindi. 'Nido' (1964), 'Palatkada yozilgan doston' (1966), 'Charog'bon' (1970), 'Ruhlar isyoni' (1980), 'Ko'hinur' (1982) kabi dostonlar yozgan. 'Oltin devor', 'Istambul fojeasi', 'Ikkinchi tumor' kabi dramalar muallifi. S. Esenin, A. Tvardovskiy, M. Iqbol, G. Emin she'rlarini, Gyotening 'Faust', R. Hamzatovning 'Dog'istonim' asarlarini o'zbek
...